Lug‘atda Farg‘ona viloyatining bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan ko‘hna shahar, qishloq, suv havza va inshootlari, ziyoratgoh nomlar, shuningdek, bugungi kunda mavjud zamonaviy nomlarning kelib chiqishi o‘z va o‘zga tillar leksikasiga murojaat qilish, lingvistik, tarixiy, geografik dalillarni qiyoslash orqali yoritib berilgan. Ayrimlarining esa dastlab qaysi yozma manbalarda tilga olingani qayd etilib, shu orqali ulardagi lisoniy o‘zgarishlar diaxron va sinxron jihatdan aniqlangan, tarixiy variantlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu kitob rasmiy idora va tashkilotlarga, oliy o‘quv yurti talabalari, izlanuvchilariga, qolaversa, shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.