
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
furqat@natlib.uz
+998941357300


Asosiy
Kutubxona nizomi
Furqat tuman axborot-kutubxona markazining
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi hududida
milliy va jahon madaniyatini, fan, ta’limni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida
aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi universal
axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
2. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi o‘rinlarda-Milliy kutubxona)
tizimidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi (keyingi o‘rinlarda -
Hududiy axborot-kutubxona markazi) tasarrufidadir.
3. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi o‘z
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
boshqa qonun hujjatlariga, Agentlikning qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va
ko‘rsatmalariga, Milliy kutubxonaning buyruqlari, ko‘rsatmalariga, viloyat
axborot-kutubxona markazining buyruqlari, ko‘rsatmalariga hamda ushbu Nizomga
amal qiladi.
4. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi hududdagi
barcha tashkilot va idoralarning axborot-kutubxona muassasalari uchun metodik
markaz hisoblanadi.
5. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi hududdagi
axborot-kutubxona muassasalari, O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-ta’limiy
muassasalari bilan axborot-kutubxona aloqalarini rivojlantiradi va ularning
faoliyatiga oid hisobotlar, statistik va boshqa sohaga oid ma’lumotlarni
umumlashtiradi hamda Hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi.
6. Furqat tumani axborot-kutubxona markazining axborot-kutubxona
fondi davlat mulki hisoblanadi.
7. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi
axborot-kutubxona fondini to‘ldirish axborot-kutubxona resurslarini sotib olish
va davriy nashrlarga obuna bo‘lish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
beg`araz (sovg‘a) beriladigan axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish hamda
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan axborot-kutubxona resurslarini
ayirboshlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi fondida
saqlanib kelinayotgan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar milliy madaniy
qadriyatlar hisoblanib, moddiy madaniy meros ob’yekti sifatida saqlanishi
zarur.
9. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi yuridik
shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o‘z
nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga va g‘aznachilik
bo‘limlarida shaxsiy hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
10. Axborot-kutubxona markazining to‘liq nomi: Furqat
tumani axborot-kutubxona markazi
11. Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
yuridik manzili: Furqat tumani, Navbahor ko‘chasi, 6-uy.
II. Furqat tumani axborot-kutubxona markazining asosiy
vazifalari
12. Quyidagilar Furqat tumani axborot-kutubxona
markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini tanlash
imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida aholini, ayniqsa yoshlarning
intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama
qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini
yaratish;
milliy madaniyatning tiklanishi va yanada
rivojlanishiga hamda O‘zbekiston xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy
merosi saqlanishiga ko‘maklashish;
hududdagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
hududda faoliyat yuritayotgan axborot-kutubxona
muassasalari va kutubxonalarga metodik yordam ko‘rsatish, ular ishini
muvofiqlashtirish, axborot-resurslari bilan o‘zaro almashish, foydalanish
borasida hamkorlik qilish;
elektron axborot-ma’lumot xizmatlari tashkil etish,
zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan
foydalangan holda axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirish
bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
axborot-kutubxona resurslaridan masofadan
foydalanishni tashkil etish, Milliy kutubxona va hududiy axborot-kutubxona
markazi axborot-resurslarining ma’lumotlar bazasiga ulangan holda tuman yig‘ma
elektron katalogini hamda elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish va
yuritish;
axborot-kutubxona fondini tizimli to‘ldirib borish,
nashrlarning bibliografik yozuvini yuritish;
O‘zbekiston matbuot solnomasini tuzish uchun hududdagi
nashrlar hisobini olib borish va hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim
etish;
Agentlikning Hududiy boshqarmasi, mahalliy
nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda
kitob mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, axborot-kutubxona sohasida zamonaviy
xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Furqat tumani axborot-kutubxona markazi kitobxonlarga
haftaning dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari , soat 8-00
dan 17-00 gacha xizmat ko‘rsatadi.
III. Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
asosiy funksiyalari
13. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi o‘ziga
yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Furqat tumani axborot-kutubxona markazi hududdagi
boshqa axborot-kutubxona muassasalaridan sohani takomillashtirish masalalari
bo‘yicha takliflar, statistik va boshqa faoliyatga oid ma’lumotlarni so‘rab
olish, umumlashtirilgan holda Hududiy axborot-kutubxona markaziga belgilangan
muddatda taqdim etish;
Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
axborot-kutubxona fondini milliy va xorijiy nashrlar bilan to‘ldirib borish;
zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilgan holda foydalanuvchilarni kutubxona fondlariga
oid axborotlarni olishga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun
qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;
axborot-kutubxona sohasida ilmiy-metodik tadqiqotlar
natijalarini joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shakllari
va uslublarini takomillashtirish, yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini
joriy qilish;
Agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy
nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda
kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Furqat tumani axborot-kutubxona markazi barcha turdagi
axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa
axborot-kutubxona muassasalarining masofadan turib foydalanishini ta’minlash;
Hududdagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini
takomillashtirish, hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish
tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan zamonaviy shakl va uslublarni joriy
qilish;
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga
doir targ‘ibot ishlarini, shu jumladan kitob taqdimoti, kitob ko‘rgazmalari,
davra suhbati,
xotira kechasi, ijodiy uchrashuv, adabiy-musiqiy
kechalar o‘tkazishni tizimli va samarali tashkil etish;
kitobxonlar, kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida
sohaga oid ko‘rik-tanlovlarini tashkil qilishda ishtirok etish;
Markazning rasmiy veb-sayti orqali hududdagi
axborot-kutubxona muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni, sohada amalga oshirilayotgan yangiliklarni keng
yoritib borish;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida
qo‘shimcha xizmatlar turlarini, shu jumladan, axborot-resurslarini qidirish,
materiallarni tarjima qilish, til, kompyuter va shu kabi o‘quv kurslari,
skanerlash, chop etish kabi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha o‘rnatilgan
tartibda pullik xizmatlar ro‘yxati va ireyskurantlarini ishlab chiqish va
Hududiy axborot-kutubxona markazi bilan kelishilgan holda joriy qilish;
imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga
ixtisoslashtirilgan axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish;
belgilangan standartlar asosida axborot-kutubxona
resurslarining elektron katalogini shakllantirish va yuritish;
bosma nashrlarni, hududlarda chop etilgan nashrlarning
majburiy nusxasini,audio va video materiallarni, boshqa axborot resurslarini
sotib olish, obuna bo‘lish, almashtirish va bepul olish yo‘li bilan
axborot-kutubxona fondini komplektlash;
axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlash,
joylashtirish, saqlash va undan foydalanishni o‘rnatilgan tartibda yuritish;
barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining,
jumladan o‘lkada chop etilgan nashrlarning hisobini olib borish;
axborot-kutubxona fondini saqlash, elektron
resurslarning axborot xavfsizligi masalalarini ta’minlash bo‘yicha o‘rnatilgan
me’yorlar asosida ishlarni yuritish;
xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar,
axborot markazlarining ilg‘or ish tajribalari bilan tanishish, mahalliy va
xalqaro miqyosdagi kutubxona sohasidagi anjumanlarda ishtirok etish;
zamonaviy axborot-texnologiyalar va mahalliy
sharoitdan kelib chiqib, joylarda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish
bo‘yicha tavsiyalar berish;
tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda tajriba
orttirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, bino
va inshootlardan unumli foydalanish, aholiga axborot-kutubxona xizmati
ko‘rsatishda shart-sharoitlarni yaxshilash buyicha aniq takliflar berish;
Furqat tumani axborot-kutubxona markazi
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan boshqa sohaviy funksiyalarni amalga
oshiradi.
IV. Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
huquqlari va javobgarligi
14. Furqat tumani axborot-kutubxona markazn quyidagi
huquqlarga ega:O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati
to‘g‘risida"gi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq hududida zamonaviy yuqori
samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini qo‘llagan holda qulay
shart-sharoitlar yaratish, mavjud keng axborot-resurslar bazasidan foydalanib,
aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
Furqat tumani axborot-kutubxona markazi hududdagi
axborot-kutubxona muassasalaridan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar,
statistik va boshqa ma’lumot, materiallarni so‘rab olish;
hududdagi Furqat tumani axborot-kutubxona
markazlarining yillik ish rejalarini tasdiqlash va ularning ijrosi bo‘yicha
hisobotlarini olish;
hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish
darajasini oshirish, doimiy takomillashtirishni hisobga olgan holda takliflar
va tavsiyalar ishlab chiqish;
axborot-kutubxona fondini tizimli to‘ldirib borish,
jumladan, fondinidepozitar fondlar, sotib olish, homiylik va aholi tomonidan
beg‘araz sovg‘a sifatida taqdim etiladigan kitoblar hisobiga boyitib borish;
agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy
nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarida
ishtirok etish, ma’naviy ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
axborot-kutubxona fondining elektron nashrlar bazasini
yaratish,foydalanuvchilarga interaktiv axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish;
axborot resurslarini qidirish, maslahat berish,
materiallarni tarjima qilish, skanerlash, chop etish kabi qo‘shimcha xizmat
turlari, shu jumladan pullik xizmatlarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan
preyskurant orqali joriy qilish;
axborot-kutubxona fondlarini va boshqa
axborot-resurslarini saqlash, ulardan foydalanish yo‘riqnomalariga asosan
faoliyat olib borish, foydalanuvchilar tomonidan axborot-kutubxona markaziga va
unda saqlanayotgan axborot-kutubxona resurslariga yetkazilgan zararni qonun
hujjatlariga va ichki tartib-qoidalarga muvofiq qoplash turlarini va miqdorini
belgilash;
Hududiy axborot-kutubxona markazi kadrlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
15. Furqat axborot-kutubxona markazi quyidagilar uchun
javobgar:
Hudud aholisiga axborot-kutubxona fondlaridan
foydalanishlari uchun joriy qilingan yuqori samarali axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari orqali axborotlarni olish, axborot-resurslar bazasidan
foydalanishlari uchun qulayshart-sharoitlar yaratish;
barcha turdagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona
faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
foydalanuvchilar ehtiyojlariga muvofiq axborotlarni
olish uchun sharoitlar yaratish;
Furqat tumani axborot-kutubxona markazlari hududdagi
axborot-kutubxona muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar, statistik
va boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda belgilangan muddatlarda Hududiy
axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi;
Furqat tumani axborot-kutubxona axborot-kutubxona
fondini doimiy to‘ldirib boradi;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha
xizmatlar turlari,shu jumladan pullik xizmatlar to‘grisida to‘liq ma’lumot
berish;
pullik xizmatlar ro‘yxati va tasdiqlangan preyskurant
asosida o‘rnatilgan tartibda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;
foydalanuvchilar so‘roviga asosan mavjud axborot-kutubxona
fondlari bo‘yichama’lumot berish;
intellektual mulk sohasida qonunchilikka rioya qilish;
Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
moddiy-boyliklarini asrab-avaylash, bino va inshootlardan maqsadli foydalanish.
V. Furqat tumani axborot-kutubxona markazini
boshqarish
16. Furqat tumani axborot-kutubxona o‘z faoliyatini
O‘zbekiston Respublikasining "Axborot- kutubxona faoliyati
to‘g‘risida"gi Qonun va ushbu Nizom asosida yuritadi.
17. Furqat tumani axborot-kutubxona Nizomi Hududiy
axborot-kutubxona markazi tomonidan, shtatlar jadvali hududiy moliya bo‘linmasi
bilan kelishgan holda hududiy axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan
tasdiqlanadi.
18. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi
faoliyatiga mahalliy hokimlik va Agentlikning hududiy boshqarmasi bilan
kelishgan hududiy axborot-kutubxona rahbari tomonidan tavsiya etilgan,
belgilangan tartibda Agentlik bilan kelishgan holda Milliy kutubxona direktori
tomonidan tayinlanadigan va vazifasidan ozod etiladigan direktor rahbarlik
qiladi.
19. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi direktori
umumiy rahbarlikni olib boradi hamda hududiy axborot-kutubxona markazi
direktoriga va Agentlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘iga hisobot beradi.
VI. Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
mol-mulki va mablag‘lari
20. Furqat tumani axborot-kutubxona markazining
moliyaviy mablag‘lari:
byudjet mablag‘lari;
pullik xizmatlar ko‘rsatish orqali olinadigan
byudjetdan tashqari mablaglar;
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
21. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi
balansidagi bino va inshootlar, axborot-kutubxona fondi va boshqa mol-mulklar
davlat mulki hisoblanadi.
22. Furqat tumani axborot-kutubxona markaziga
biriktirilgan, boshqarish huquqi berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda
foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish masalalarini nazorat qilish
qonunchilik doirasida amalga oshiriladi va yuqori turuvchi tashkilotlar
tomonidan nazorat qilinadi.
VII. Furqat tumani axborot-kutubxona markazi qayta
tashkil etish va tugatish
23. Furqat tumani axborot-kutubxona markazini qayta
tashkil etish va tugatish (qo‘shish, bo‘lish, o‘zgartirish, muvofiqlashtirish,
optimallashtirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Furqat tumani axborot-kutubxona markazini qayta
tashkil etishda barcha hujjatlar (moliya-xo‘jalik, shaxsiy tarkibga oid va
boshqa hujjatlar)qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
25. Furqat tumani axborot-kutubxona markazini
tugatishda uning arxiv hujjatlari hududdagi davlat arxivi idorasiga
qonunchilikda belgilangan tartibda topshiriladi.
Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!