Loading

Yuklanmoqda...

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami:

50 %

Shrift o’lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
https://furqatadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1762248203218-691819489.png

Furqat tumani axborot-kutubxona markazi

https://furqatadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1762248203218-691819489.png

Furqat tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona
Axborot-xizmat
Kitoblar
Boshqalar

Kutubxonamiz haqida

Kutubxonamiz — bilim izlovchilar, o‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun zamonaviy va qulay ilmiy makon. Bu yerda siz turli sohalarga oid minglab kitoblar, maqolalar va raqamli resurslar bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy

Kutubxonamiz haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 4354-sonli qaroriga asosidagi Furqat tumani hokimining 2019-yil 13-iyuldagi 3275-sonli qaroriga asosan Tuman Axborot-kutubxona markazi tashkil etilgan.

Axborot-kutubxona markazi 2019-yil 16-dekabrdan Furqat politexnikumi yotoqxonasi binosining 1-qavatida o’z ish faoliyatini boshlagan.

Furqat tumani hokimining 2024-yil 25-martdagi 74-11-164-Q/24-sonli qaroriga asosan Navbahor MFY Navbahor shaharchasi 117-uyda joylashgan 244,5 m2 xajmdagi bino Furqat tumani Axbort-kutubxona markazi tasarrufiga o’tkazilgan.

Furqat tumani axborot-kutubxona markazi – bu nafaqat kitoblar to‘plami, balki bilim, ilhom va ijodiy o‘sish uchun muhim maskan hisoblanadi. O‘zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy bilimlar uyg‘unlashgan ushbu makon barcha yoshdagi kitobxonlarga ochiq.

Kutubxonamiz fondida 80000 nusxadan oshiq tarixiy, badiiy, ilmiy-tadqiqot ishlariga, fan va texnika yangiliklari oid hamda bolalar uchun mo‘ljallangan nashrlar mavjud.

Kitob fondi muntazam ravishda yangilanib, boyitib borilmoqda.

Elektron kutubxona xizmati orqali foydalanuvchilar internetdagi tuman axborot-kutubxona markazining ijtimoiy sahifalari orqali kerakli kitob yoki maqolalarni izlab topishlari, onlayn tarzda o‘qishlari yoki kutubxonaning onlayn tadbirlarida qatnashishlari mumkin.

Tuman axborot-kutubxona markazida bolalar va kattalar uchun o‘quv zallari hamda tuman aholisi foydalanishi uchun "Book Cafe" tashkil etilgan,kutubxonachilar yordami va bepul Wi-Fi xizmatlari mavjud.

Kutubxonaga a'zo bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting

Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!

https://furqatadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1762248203218-691819489.png

Furqat tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona manzili

Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, Navbahor shaharchasi 6 uy

Ijtimoiy tarmoqlar

Developed by: logo

PremiumSoft

Furqat tumani axborot-kutubxona markazi